BOSHLANG‘ICH SINF DARSLIKLARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARINI KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BAHOLASH

Authors

  • Doʻstova Munavvar Iskandarovna Osiyo xalqaro universitetining magistiranti Author

Keywords:

boshlang‘ich ta’lim, darslik, didaktik imkoniyat, kompetensiyaviy yondashuv, tayanch kompetensiya, fanga oid kompetensiya, fanlararo integratsiya, yangi avlod darsliklari, mantiqiy fikrlash, kreativ fikrlash, PIRLS, TIMSS, o‘qish savodxonligi, funksional savodxonlik.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darsliklarining didaktik imkoniyatlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida baholash masalalari yoritilgan. Unda yangi avlod darsliklarining o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muammoli vaziyatlarni hal qilish hamda olgan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llashga yo‘naltirilgan imkoniyatlari tahlil qilingan. Xususan, matematika darsliklarida fanlararo bog‘liqlik asosida berilgan topshiriqlar, hayotiy vaziyatlarga oid masalalar va mantiqiy mashqlarning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. O‘qish savodxonligi darsliklarida PIRLS xalqaro baholash dasturi talablariga mos matnlar, matn mazmunini anglash, tahlil qilish, xulosa chiqarish va mustaqil munosabat bildirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarning didaktik imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, tarbiya va tabiiy fanlar darsliklaridagi ma’lumot hamda topshiriqlarning o‘quvchilarda tabiat, jamiyat, inson, milliy qadriyatlar va o‘zligini anglashga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Maqolada darsliklarni kompetensiyaviy yondashuv asosida baholash mezonlari, xalqaro tajriba va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ham bayon etilgan.

References

1.Normativ-huquqiy hujjatlar

2.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.

3.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.

4.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-martdagi 157-sonli “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

5.Ilmiy-pedagogik adabiyotlar

6.Mavlonova R.A., To‘rayeva O.T., Xoliqberdiyev K.M. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi.

7.Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.

8.Roziqov O. va boshqalar. Didaktika. – Toshkent: Fan va texnologiya.

9.Matchonov S. va boshqalar. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. – Toshkent, 2008.

10.Xorijiy ilmiy manbalar

11.OECD. The Definition and Selection of Key Competencies (DeSeCo): Executive Summary. – Paris: OECD, 2005.

12.UNESCO. A Guide to the Development of Curriculum Frameworks. – Geneva: UNESCO International Bureau of Education, 2017.

13.OECD. PISA 2022 Assessment and Analytical Framework. – Paris: OECD Publishing, 2023.

14.Internet manbalari

15.O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – www.lex.uz.

16.Umumiy o‘rta ta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari – O‘quv dasturlari portali.

17.Umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha yo‘riqnoma – Metodik yo‘riqnoma.

Downloads

Published

2026-11-12